Скачать и Смотреть порно видео HD бесплатно на телефон
Yangi 2018 qo`shiqlar va soundtracklar
Library | Boshqalar

"Yozga tarif"

Added:Xergus (11.02.2016 / 18:59)
Rating:rating 2566 article (0)
Reads:1510
Comments:Comments are closed
Hurmatli Admin buni kutubxonaga chiqarasiz degan umiddaman. Harholda vaqt va trafik sarf bo`ldi

Yozga Tarif!

Yoz... fasllarning alosi. Uzun kun va qisqa tun. Kunduzi go`yo sementda tuxum qovurib yeyish mumkin, tunlari esa salqin kishiga orom bag`ishlaydi! Tunlari Tashqarida chorpoyada yotib olib chiroq o`chganda samo munchoqlari bo`lmish yulduzlarni tomosha qilish insonga takrorlanmas hislar baxsh etadi. Yulduzlarni tomosha qilib yotarkansiz sizga havodan hujumlar bo`la boshlaydi va o`zingiz bilmagan holda chimillagan joylaringizga shapaloq tushira boshlaysiz. Bun nima deysizmi? Albatta pashshalar Tomoshani ham beliga tepishdi. Yuzingizni ursangiz oyog`ingizdan, oyog`ingizni ursangiz qo`lingizdan hullas... yoqimsiz holat. Biroz vaqt o`tgach esa hamma joyni tutun qoplaydi. Bufff... nimaaa bu biologik qurolmi? haaa biologik qurol isiriq. faqat pashshalarga qarshi tutun hidi yoqmay ko`rpa ichiga kirib ketadi kishi. biroz vaqt o`tgach ko`rpadan bosh chiqarib uyoq buyoqni iskab ko`rasiz, ha isiriq hidi yo`qolgan. Yana kuzatuvni davom ettirasiz. qo`lingizni boshingizga qo`yib osmonga qarab yotar ekansiz to`satdan osmon yalt etib ketadi. haa avgust oyida osmonda juda ko`p yulduzlar uchadi. Zavq bilan samoni kuztayotib endi pinak qilib ko`ziz ilingan paytda esa yarq etib chiroq yonadi. Eyyy yana kaypni beliga tepishdi, uyquyam uchib ketdi. Nimayam qilamiz endi? Albatta bekorchilikdan borib ISHANI ko`ramiz Ishani tugagach 22:30 bo`lishini kutasiz yoshlardan nima berarkanaa? film boshlandi televizorga qaraysiz HENKOK? million marta qaytarib bergan, kere bo`sa ertagayam qaytarib beradi. Ufff deysizda o`zizni borib chorpoyadagi to`shakka otasiz. Uyqu uchib ketgan, Ichizda o`ylaysiz hammasiga svet aybdor, agar shu svet yonmaganda telefonni radiosidan oqshom ertaklarini eshitib uhlab qogan bo`lardim. Na chora yana turib borib HENKOK ni ko`rishdan boshqa iloj yo`q Televizorni yoqasiz, yoshlardan reklama bermoqda soat 22:30. Soat 22:40 haliyam televizorga qarab turibsiz qachon henkok boshlarkan deb ammo reklama tugagani yo`q. Telefonni soatiga qaraysiz 06.08.2015 22:45. Keyin esa o`ylanib qolasiz o`zi henkok boshlaganmidi? gazeta programmasini qo`lizga olasiz. Yoshlar: HENKOK 7 avgust 22:30 da. 7 AVGUST? Afski HENKOK ni rekalamasini ko`rgan ekansiz. nachora yana borib chorpoyaga yotasizda yulduzlarga qarab qarab ohiri uxlab qolasiz
Home© UZWAPS.RU